Tojikistonda karantinni mensimaganlar qamoqqa taşlanadigan böldi

Tojikistonda karantinni mensimaganlar qamoqqa taşlanadigan böldi

4 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon koronavirus tarqalişining oldini oliş va odamlar salomatligini yaxşilaşga qaratilgan, şuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi qoidalarni buzgan odamlar uçun maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksga va Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida qonunni imzoladi. Uşbu hujjatda karantinni çeklovçi çoralar talablari va jinoiy jazolar nazarda tutilgan.

“Xovar” agentligining  maʼlumotlariga köra, bu qonun sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi standartlarni va ölimga olib keladigan epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun jazolarni kuçaytirişni öz içiga oladi.

Endi yuqumli kasalliklarning, şu jumladan, koronavirusning ataylab tarqalişiga yöl qöygan, karantin qoidalarini mensimaganlarga qamoq jazosi qöllaniladi. Bundan taşqari, ommaviy axborot vositalari orqali pandemiya haqida yolğon maʼlumot tarqatganlik uçun jarimaga tortiladi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, Tojikistonda 6 058 nafar odam koronavirusga çalindi. Ulardan 4 690 nafari soğaygan bölsa, 52 gafari olamdan ötdi.

Sarvar Anvar öğli

×