Xuş xabar! +3: Namangan viloyatida koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 254 nafarga yetdi

Xuş xabar! +3: Namangan viloyatida koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 254 nafarga yetdi

Bugun 10 iyun kuni koronavirus infektsiyasiga çalinib, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanayotgan bemorlardan 3 nafari butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ularning 1 nafari Töraqörğon tumanidan (1963 yilda tuğilgan erkak), 2 nafari Uyçi tumanidan (1964 yilda tuğilgan erkak va 1966 yilda tuğilgan ayol, er-xotin)

Viloyatimiz böyiça bugunga qadar koronavirusga çalingan jami 270 nafar fuqarodan 254 nafari (94 foiz) tuzaldi. 4 kişi vafot etgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari şifoxonasida 12 nafar – Töraqörğon tumanidan 4 nafar, Uyçi tumanidan 2 nafar, Namangan şahri, Namangan, Kosonsoy, Pop, Çust hamda Yangiqörğon tumanidan 1 nafardan – bemor davolanmoqda.

Viloyatdagi karantin muassasalarida 860 nafar, uy karantinida 3266 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.

×