Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari 5 300 dan oşdi

Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari 5 300 dan oşdi

Bugun, 16 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 nafarga oşib, 5328 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallaniş holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toşkent şahrida (şundan 5 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda Özbekistonda 4019 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar soğaydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1290 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

×