Samarqandda Malibu'ning 3 yölovçisi mudhiş YTH qurboni böldi

Samarqandda Malibu'ning 3 yölovçisi mudhiş YTH qurboni böldi

Joriy yilning 1 iyul kuni Samarqand viloyatida yuk va yengil avtomobillar töqnaşuvi natijasida uç kişi halok böldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 12:00 da Samarqand tumani “Andijon” mahallasi hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1095 kilometrida yuz bergan. 51 yoşli T.T. boşqaruvida bölgan MAN rusumli yuk avtomaşinasi va 49 yoşli Z.J. (ayol) boşqaruvida bölgan Malibu rusumli avtomaşina töqnaşib ketgan. 

Natijasida Malibu avtomaşinasining yölovçilari 50 yoşli M.K. (ayol), 51 yoşli J.S. (ayol) va 48 yoşli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×