Özbekistonda 6 aprel kuni koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni kun davomida 115 nafarga oşdi. Jami kasallanganlar soni 457 nafarga yetgan (ularning 2 nafari vafot etgan, 30 nafari soğaygan). Bu haqda "Daryo" yozmoqda.
Dastlab, 6 aprel soat 10:00 holatiga köra kasallanganlar soni 5 apreldagi sönggi bayonotdan söng 48 kişiga oşgani maʼlum qilindi. Soat 19:00 holatiga kasallanganlar soni 7 nafarga, 23:00 holatiga esa yana 60 nafarga oşgani eʼlon qilindi.
Qayd etiş joiz, 5 aprel kuni kasallanganlar soni 76 nafarga, 4 aprel kuni esa 39 nafarga köpaygan edi. Bungaça bir kunda aniqlangan kasallaniş holatlari böyiça rekord 29 mart kuni qayd etilgan, öşanda 40 bemor aniqlangani aytilgan edi.
Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovning izohlaşiça, sönggi kunlarda bemorlar sonining sezilarli ösişi kasallikka gumon qilinganlarni testdan ötkaziş qamrovi oşgani bilan boğliq.
Jumladan, vazirning qayd etişiça, 5 aprel kuni 4737 kişi koronavirusga test qilingan va ularning 76 nafarida kasallik aniqlangan. Avvalroq Özbekistonga 245 mingta koronavirusga test olib kelingani maʼlum qilingan edi.









