2020 yil 15 iyundan boşlab «yaşil» va «sariq» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonov 12 mart kuni AOKAda bölib ötgan brifingda buyum bozorlarida savdo-sotiq qay tarzda yölga qöyilişi haqida maʼlumot berdi.
«Buyum bozorlarida epidemiologik barqarorlikni taʼminlaş va kasallikni keng tarqalişini oldini oliş uçun barça zaruriy profilaktik çoralar köriladi. Jumladan, buyum bozorlari xar kuni iş boşlaşidan oldin va iş vaqti tugaganidan söng dezinfektsiya qilinişi, ularning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “töşak”lar bilan jihozlanişi asosiy talablardan biridir.
Şuningdek, buyum bozorlarining har birida alohida-alohida dökonlarning bölişi va ularda oraliq masofani, yaʼni sotuvçi va xaridor örtasida masofani saqlagan holda savdo qilinişi, bu jarayonda hamma tibbiy niqob va qölqoplarda bölişi, qöllarini tez-tez zararsizlantirib turişi talab etiladi.
Şu bilan birga masʼullar dökonga kirişdan oldin har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan, infektsiya alomatlari mavjud bölgan hamda tibbiy niqobsiz yurgan şaxslarni buyum bozorlari hududiga kiritmaslik (uşbu fuqarolarni alohidalaş va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat etiş) çoralarini körişlari lozim.
Bundan taşqari, kiçik dökonlarga bir neçta xaridorning ziç bölib kirib olişiga yöl qöyilmasligi kerak. Bunda har bir dökonning maydonidan kelib çiqqan holda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlangan holda xaridorlar kiritilişi, meʼyordan ortiqlari taşqarida oraliq masofani saqlagan holda kutib turişlari talab etiladi».









