1 iyundan “yaşil” va “sariq” toifadagi hududlarda içki turizm tiklanadi

1 iyundan “yaşil” va “sariq” toifadagi hududlarda içki turizm tiklanadi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga doir keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi, jamoat taşkilotlari va turizm sohasi subʼektlarining belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan “yaşil” va “sariq” toifadagi hududlarda içki turizmni qayta yölga qöyiş bilan birgalikda yondoş taşkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylaştiriş vositalari, madaniyat va madaniy meros obʼektlari hamda boşqalar) faoliyatini boşlaş;

fuqarolariga Özbekiston Respublikasiga kirişga ruxsat etiladigan mamlakatlar röyxatini belgilab olgan holda taşqi turizmni bosqiçma-bosqiç qayta tiklaşga doir takliflari maʼqullandi. Turoperatorlar, turagentlar, şuningdek joylaştiriş vositalari uçun 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar foyda soliği stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi; 

2020 va 2021 yil yakunlari böyiça zararlarni Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan çeklamagan tarzda ötkaziş huquqi beriladi; 

2021 yil 1 yanvargaça bölgan davrda turistik (mehmonxona) yiğimini hisoblaş va tölaş töxtatiladi. 

Joylaştiriş vositalariga alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun mahalliy yiğimni tölaşni 2021 yil 1 yanvargaça bölgan muddatga soliq organlarini xabardor qiliş va keyinçalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda tölaş asosida foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etiladi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi byudjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi (keyingi örinlarda – Jamğarma) mablağlari hisobidan:

a) 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar bölgan davrda quyidagilarga Inqirozga qarşi kuraşiş respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiş şaklida:

- turoperatorlarga 2019 yildagi örtaça oylik iş haqi fondining uç baravaridan oşmaydigan miqdorda;

- joylaştiriş vositalariga har bir yotoq örni uçun bazaviy  hisoblaşning beş baravari miqdorida; 

b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini taşkil etiş tartibiga muvofiq turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes ğoyalarni, şu jumladan birinçi navbatda turistlar uçun qulayliklar yaratişga yönaltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard söm miqdorida qisman subsidiyalaş orqali; 

v) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda respublika hududlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) xorijiy oşxona yoki alohida yönaliş böyiça ixtisoslaşgan tematik ovqatlaniş şoxobçalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş, şuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça xizmatlarni taşkil etiş böyiça loyiha taşabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uçun 100 million sömdan ortiq bölmagan miqdorda grantlar ajratiş orqali; 

g)  2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda yangi turizm mahsulotlari va yönalişlarini işlab çiqiş va tarğib qilişga gidlar uçun 5 million söm, turoperatorlar uçun 10 million söm miqdorida grantlar ajratiş orqali qöşimça kömak körsatiladi. 

Davlat tomonidan quyidagi qöşimça kömak körsatiladi: 

a) Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagilarni subsidiyalaş: 

joylaştiriş vositalarini quriş uçun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar böyiça 2020 yil 1 martdan 1 iyungaça bölgan davrda turizm sohasi subʼektlarining foiz xarajatlari; 

joylaştiriş vositalarini quriş uçun turizm sohasi subʼektlariga avval berilgan kreditlar böyiça 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargaça bölgan davrda foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bölmagan qismi; 

yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlaştiriş uçun turizm sohasi subʼektlariga beriladigan kreditlar böyiça foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bölmagan qismi; 

aylanma mablağlarni töldiriş uçun turizm sohasi subʼektlariga beriladigan 1 milliard sömgaça miqdordagi kreditlar böyiça 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar bölgan davrda foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bölmagan qismi; 

b) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar joylaştiriş böyiça xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylaştiriş vositalarini subsidiyalaş; 

v) Jamğarma mablağlari hisobidan Özbekiston Respublikasi rezidentlari – turoperatorlar va turagentlarga taşqi turizmni qayta tiklaş boşlangan kundan eʼtiboran kirib keluvçi xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–5781-son Farmoniga muvofiq kompensatsiya qilinadigan çarter reyslar orqali olib kelinganlardan taşqari Özbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat körsatilgan har bir xorijiy turist uçun 15 AQŞ dollari miqdorida, ularning respublika hududida kamida beş sutka bölişi şarti bilan  rağbatlantiruvçi subsidiyalar ajratiş; 

g) Jamğarma mablağlari hisobidan kiriş turizmi qayta boşlangan kundan eʼtiboran 2020 yil 31 dekabriga qadar kamida 10 kişidan iborat xorijiy turistik guruhlar uçun Özbekiston Respublikasida tur taşkil etiş va ularning joylaştiriş vositalarida kamida beş keça tunab qolişi şarti bilan turoperatorlarning avia va temir yöl çiptalari böyiça xarajatlari 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalaş; 

d) 2021 yil 1 iyunga qadar Jamğarma mablağlari hisobidan mehmonxonalarga toifa oliş yoki oşiriş uçun renovatsiya, rekonstruktsiya hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça xarajatlarni olingan toifani kelgusi 3 yil davomida saqlaş şarti bilan quyidagi miqdorda qoplaş: 

3 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 5 million söm; 

4 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 10 million söm; 

5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 15 million söm. 

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda öqişga qabul qilingan barça tinglovçilarni öqitiş, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oşiriladi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Davlat soliq qömitasi va Markaziy bankining 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab oldin olingan kreditlarning asosiy qarzi tölovini 18 oydan 24 oygaça uzaytiriş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi. 

2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik şaxslar belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dezinfektsiya işlarini olib boriş uçun jihozlar, texnikalar, ularning butlovçi va ehtiyot qismlari, bino va inşootlarni quriş, rekonstruktsiya qiliş va jihozlaş uçun aloqasiz boşqariladigan (sensorli) jihozlar, şuningdek, hidsiz dezinfektsiyalovçi vositalar uçun bojxona tölovlarini tölaşdan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar va qöşilgan qiymat soliğidan taşqari) ozod etiladi.

×