Epidemiologik vaziyat yomonlaşganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegişli qarorlarni qabul qildi.
Joriy yil 1 iyul sanasidan boşlab:
— respublikaning barça hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan şuğullanadigan yirik savdo majmualari haftaning şanba va yakşanba kunlari sanitariya-dezinfektsiya işlarini amalga oşiriş uçun yopiladi;
— “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uç kişidan ortiq töplaniş hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar köçalarda, köp qavatli uylar va hovlilar oldida böliş taqiqlanadi;
Bunda:
faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlaşganligi, homiladorligi munosabati bilan şifokor körigidan ötiş uçun davolaş muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qiliş maqsadida dorixonaga borib-kelişiga ruxsat beriladi.
— “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning şanba va yakşanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.









