Eron huquq idoralari Interpolga AQŞ prezidenti Donald Trampni qidiruvdagi jinoyatçilar röyxatiga kiritişni sörab murojaat yölladi. Mamlakat rasmiy axborot agentligiga köra, Qöşma Ştatlar rahbari taniqli harbiy qömondon Qosim Sulaymoniyning ölimiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Tehron prokurori Ali Mehr generalni öldiriş bilan boğliq operatsiyada 36 kişi iştirok etgani, ular orasida AQŞ hamda boşqa davlatlarning siyosiy arboblari va harbiy yetakçilari borligini maʼlum qilgan.
Qayd etilişiça, qotillik va terrorizmda ayblanayotgan 36 kişini hibsga oliş uçun order berilgan.
Bir neça hafta avval Eron oliy sudi general Sulaymoniy haqidagi maxfiy maʼlumotlarni AQŞ josuslik xizmatiga yetkazib turgan Mahmud Musaviy Majidni ölimga hukm etgan edi.
Eron islom respublikasidagi nufuzli generallardan biri, jangovar “al-Quds” bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniy joriy yil 3 yanvar kuni Bağdodda AQŞ harbiy havo kuçlari aviahujumi payti öldirildi. U bilan birga eronlik bir neça qudratli harbiylar, jumladan, Abu Mahdi al-Muhandis ham mahv etildi.
2012 yildan beri xorijiy mamlkatlarda, xususan, Suriya hamda Iroqda harbiy operatsiyalarga boşçilik qilib kelgan Sulaymoniyning ölimi Eronda milliy motam ölaroq qabul qilindi.
Vaşington va Tehron örtasidagi murakkab diplomatik munosabatlar generalning ölimi ortidan yanada taranglaşdi, ikki mamlakat hatto uruş holatiga kelib qoldi.









