Bugun, 2 oktyabr kuni Namangan tumanida Avtomobilga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida (AGTKŞ) yirik yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Soat 00:13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bölimiga Namangan tumani «Qurama»2 mahalla fuqarolar yiğini Qorasuv köçasi 2-uyda joylaşgan «Zamin Metal Sanoat» MÇJga qaraşli 1-AGTKŞda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida maʼlumot kelib tuşgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Namangan tuman va Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimlari yetib borgan hamda yonğin soat 00:27 da qurşab olingan va soat 00:45 da öçirildi.
Yonğin natijasida şoxobçani birinçi gaz quyiş uskunasi va şift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan. Yonğin natijasida insonlarni kuyiş tan jarohati oliş hamda halok böliş holatlari yuz bermagan.
Hozirda yonğin yuzasidan tergovga qadar suruştiruv işlari olib borilmoqda.









