Uçtepadagi savdo majmuasida yirik yonğin sodir böldi

Uçtepadagi savdo majmuasida yirik yonğin sodir böldi

Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yoşilişiça, bugun soat 8:49 da tumandagi Farhod köçasida joylaşgan “Uchtepa Outlet Centre” savdo majmuasida yonğin kelib çiqqan.

Yonğin natijasida majmuaning içki va tom qismi 1500 kv.m maydonda yongan. Yonğin-qutqaruv jangovar bölinmalari manzilga soat 8:54 da yetib borgan va körilgan tezkor çoralar natijasida yonğin soat 9:54 da töliq bartaraf etilgan. Yonğin joyiga 10 ta yonğin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yonğin sabablari va yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

×