Namangan viloyatida çekka qişloqdagi kambağal oilalar bandligi taʼminlanmoqda

Namangan viloyatida çekka qişloqdagi kambağal oilalar bandligi taʼminlanmoqda

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga taşrifi doirasida Çortoq tumani Baland adir hududidagi issiqxonalar majmuasini barpo etiş loyihasi bilan tanişdi.

Mamlakatimizda pandemiya davrida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, iş örinlari yaratiş asosiy eʼtiborda. 

Prezidentimiz ötgan yili Namangan viloyatiga taşrifi çoğida ijtimoiy himoyaga muhtoj, işsiz, kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlaş orqali doimiy daromad manbalariga ega bölişlariga kömaklaşiş yuzasidan topşiriqlar  bergan edi. Uşbu vazifalar ijrosi doirasida viloyat hokimligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida “Bir joyda - ming oila issiqxonasi” loyihasi amalga oşirilmoqda. 

Baland adir daştliklarida uzoq yillar davomida foydalanilmagan  36 gektar maydondagi har biri 2 sotixli 1000 ta issiqxona loyihasi “Golden Nats Namangan” agro tomorqa xizmati masʼuliyati çeklangan jamiyat hamkorligida amalga oşirilmoqda.

Umumiy qiymati 13 milliard söm bölgan loyihaga Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan 6,7 milliard söm subsidiya mablağlari va tijorat banklarining 6,3 millard sömlik imtiyozli krediti yönaltirilmoqda.

Hozirgi kunda yiliga 7 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetiştiriş imkonini beradigan har biri 2 sotixdan bölgan 800 ta issiqxona qurib egalariga topşirildi. Qolgan 200 tasi iyul oyi oxirida foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.

Uşbu loyihaning afzalligi şundaki, “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetiştiriladi, kambağal oilalar doimiy daromad manbalariga ega böladi va bandligi taʼminladi. Yana bir qulayligi - mahsulotni yetiştirişda köçat, suv, mineral öğit hamda bozor taʼminoti yetakçi tadbirkor tomonidan kafolatlanadi.

Ayni paytda Çortoq tumanidagi 800 ta kambağal oila aʼzolarining bandligi taʼminlandi.

Prezidentimizga uşbu loyihaning afzalliklari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

2 sotixli issqxonada uç marta hosil yetiştiriş imkoniyati bor. Xususan, bitta issiqxonada 700 tup pomidor köçati ekilgan. Har bir tup köçatdan örtaça 4-5 kilogrammdan mahsulot oliş mumkin. Bugungi kunda 1 kilogramm pomidorning örtaça narxi 3 ming sömdan bölganda, birinçi hosilning özidan 7-8 million söm daromad olsa böladi.

Şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan loyiha doirasida uşbu hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, işsiz, kambağal oilalar aʼzolarini qişloq xöjaligi kasblariga öqitiş uçun Agrobiznes öquv mono markazi taşkil etildi. Uşbu maskanda limonçilik (issiqxona), quyonçilik, asalariçilik, baliqçilik, çorvaçilik kabi yönalişlarda yiliga 2000 dan ortiq işsizlar kasbga öqitiladi.

Bugungi kunda Çortoq tumanida 200 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Işsizlar soni 7 mingdan ziyod.

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlaşda tizimli işlarni davom ettiriş zarurligini taʼkidladi. Kamida ön mingta iş örni yaratiş lozimligi qayd etildi.

– Odamlarimiz islohotlar samarasini sezişi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. – Ularni rozi qiladigan tizim yaratişimiz lozim.

Şu yerda viloyatda kambağallikni qisqartiriş, bandlikni taʼminlaş, “Golden Nats Namangan” agro tomorqa xizmati tomonidan intensiv boğdorçilik (yonğoq, bodom, olma va olça)ni taşkil etiş, çorvaçilik va sutni qayta işlaş loyihalari taqdimoti ötkazildi. Uşbu loyihalarni amalga oşişi evaziga yuzlab yangi iş örinlari yaratiladi.

×