Namangan viloyatida 17 nafar bemor koronavirusdan soğaydi

Namangan viloyatida 17 nafar bemor koronavirusdan soğaydi

2020 yil 29 iyul soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 22 374 (+205) nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 190 nafari Toşkent şahrida (şundan 94 nafari tana harorati kötarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa Örtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barçasi xorijdan kelgan) orasida), 11 nafari Andijon viloyatida, qolgan 4 nafari Toşkent viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 195 nafar, Toşkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farğona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.

Şunday qilib, yurtimizda 12 668 (+403) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (56 foiz) soğaygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 9 577 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×