Ayollar turli ijtimoiy sayt va kanallardagi şaxsiy profillariga öz suratlarini qöysa böladimi?

Ayollar turli ijtimoiy sayt va kanallardagi şaxsiy profillariga öz suratlarini qöysa böladimi?

Devband ulamolari: «Ayollar profillariga öz rasmlarini qöysalar böladimi?», savoliga javob berdilar

Devbanddagi «Dor-ul Ulum» olimlari ayollarning internet saytlari, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda özlarini tutişlariga oid fatvo çiqardilar. Olimlar xotin-qizlar ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga öz rasmlarini joylaşlari şariatga töğri kelmaydigan iş bölib, buni darxol töxtatiş zarurligiga urğu berdilar. 

Şuningdek, fatvoda Facebook, Whatsapp kabi ijtimoiy tarmoqlar uçun selfiga tuşiş notöğri amal hisoblanişi, sababi bu rasmlarni nomahram erkaklar bemalol tomoşa qilişlari mumkinligi aytib ötilgan.

Ayni damda, ulamolar erkaklarga ham murojaat etib, agar qaysidir ayolning rasmiga közlari tuşsa uning nomahram ekani esdan çiqarmasliklari va közlarini olişlari zarurligini eslatdilar.

 «Ayollar bilib-bilmay öz rasmlarini joylaganlari erkaklar uçun tomoşa qilişga heç qaçon ruxsat böla olmaydi. Ular u ham birovning tan mahrami, singlisi yoki onasi ekanini unutmaslik kerak. Qöl ostidagi xotin qizlarga bu işlardan ehtiyot bölişlarini tuşuntirib qöyişlari erkaklarning vazifasi hisoblanadi. Qolaversa begona ayollarga közi tuşgan erkakning öz ayolidan köngli qolişi oddiy holga aylanib qolgan», deyiladi fatvoda.

×