Kulgu jamoasidagi qizga behayo suratlarini tarqatiş bilan tahdid qilişdi

Kulgu jamoasidagi qizga behayo suratlarini tarqatiş bilan tahdid qilişdi

Toşkentdagi nufuzli universitetlardan birining magistratura bosqiçida tahsil oladigan 26 yoşli yigit maşhur kulgu jamoasi iştirokçisi bölgan qizning rasmlarini tarqatiş bilan qörqitib, undan pul undirmoqçi böldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi binosida sudlanuvçiga hukm öqildi. Bu haqda «Darakçi»ga Toşkent şahar sudining jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik böyiça boş konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qilgan.

Sudlanuvçi bir qiz bilan tanişib qoladi. Uning soçiqqa öralgan holdagi fotosuratini qölga kiritib, uni özida saqlab yuradi. Bir yil ötgaç, qizning fotosuratini internet orqali boşqa ayol kişining yalanğoç holatda tuşgan suratlari bilan montaj qiladi. Söng «instagram» ijtimoiy tarmoği orqali akkaunt oçib, unda özi tomonidan tayyorlangan ayolning yalanğoç holatda tuşgan fotosuratlarini yuklaydi. Bu fotosuratlarni qizning iş faoliyatini olib boruvçi kulgu jamoasiga va «youtube»ga tarqatiş bilan qörqitadi. Mazkur fotosuratlarni internetda tarqatmaslik evaziga, tovlamaçilik yöli bilan qizdan 1.500 AQŞ dollar talab qiladi.

Qiz mazkur holat yuzasidan IIVga ariza bilan murojaat qilgan. Şu kuni IIV JQBB K va IJQKB tezkor hodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida sudlanuvçining tanişi daliliy aşyo bilan uşlangan hamda pullarni sudlanuvçining iltimosi asosida olgani haqida bayon qilgan.

Sudda sudlanuvçi aybiga iqror böldi...

Sudlanuvçi JK 165-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. JK 165-moddasining 1-qismi  bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

×