6 soat içida «Toşkent» va «Namangan» viloyatlarida jami 97 kişida koronavirus aniqlandi

Bugun, 25 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 97 nafarga oşib, 7087 (+97) nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallaniş holatlarining 65 nafari xorijdan kelib, Karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida aniqlangan. 26 nafari Toşkent şahrida (şundan 19 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 5 nafari Toşkent viloyatida (şundan 2 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi, 1 nafari aholi orasida), qolgan 1 nafari Namangan viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda Özbekistonda 4724 (+39) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar soğaydi. 

×