AQŞlik maşhur doktor Mehmet Öz koronavirusni juda tuşunarli qilib taʼrifladi:
"Bu virusdan qutuliş yöq, örtoqlar. Unga har birimiz istisnosiz çalinamiz. Hatto köpçilik çalinib ham ulgurgan-u, hali özi bilmaydi. Tuzalib ham bölgandir. Organizmi virus bilan yaşaşga allaqaçon könikkan yoki virus u tanada hayot topolmay boşqa tanaga ötgan. Bu mavzuda eng yaxşi misol "Daymond Printsess" kemasi. Undagi 3700 yölovçidan 700 tasida virus aniqlangan. Ammo şulardan 350 nafari kasalligini sezmagan ham. Yoşi keksaligiga qaramay yotoqqa tuşmay yaşamoqda.
Nega bunday? Çunki öşa 350 kişining immuniteti juda kuçli. Yaʼni bu kasallikda eng muhim jihat — bu immunitet. Oramizda immun tizimi kuçli bölganlar, sport bilan şuğullanganlar, töğri ovqatlanganlar, çekmaydiganlar bu kasallikni umuman sezmaydilar. Balki yengil şamollaş kabi ötkazib yaşayveradilar.
Viruslar juda tez mutatsiyaga kirişadi. Vaqt ötgani sayin virus mutatsiya natijasida yuqqan odamini nobud qilmaydigan holga keladi. Demak, bu virusga qançalik keç duç kelsak, uning zarari şunça kam böladi.
Şuning uçun, imkon qadar uydan çiqmay, gigiyenaga rioya qilib, töğri ovqatlaniş, badantarbiya qiliş va karantin qoidalariga qatʼiy amal qiliş kerak! Şuni bajarganlar, işoning, hammadan uzoq yaşaydilar!
〰️〰️〰️〰️
XULOSA:
▪️ Karantinga amal qiling. Virusni qança keç uçratsangiz, şunça omadlisiz.
▪️ Gigiyena. Tozalikka qatʼiy rioya qiling.
▪️ Meva va sabzavotlar isteʼmol qiling.
▪️ Immunitetni kötaruvçi sarimsoq, qatiq, yogurt kabi mahsulotlarni köproq isteʼmol qiling.
▪️ Immunitetni mustahkamlovçi vitamin va qöşimça moddalar qabul qiling.
▪️ Serharakat böling va uyda sport bilan şuğullaning.
▪️ Çekmang!
▪️ Suv isteʼmolini köpaytiring.









