Xalqaro jinoiy sudning yangi prezidenti Tomoko Akane Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilişiga işonç bildirdi. Bu haqda u “Kyodo” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Akane Xalqaro jinoiy sud oldida turgan qiyinçiliklarni, jumladan, sönggi ikki yil içida hibsga oliş uçun order berilgan odamlarni hibsga olişga olib kelgan birorta ham holat bölmaganini tan olgan.
Ammo u intervyusida "osmonning qasosi sekin, lekin aniq" degan Xitoy xalq maqolini keltirgan.
“Rossiyaning noroziligiga qaramay, Akane dalillar va zarurat bor ekan, vaziyat yoki siyosiy kelib çiqişidan qatʼi nazar, biz (hibsga oliş orderini) çiqarişimiz kerak”, deydi u.
Yaponiya sudyasi Tomoko Akane 2023 yil mart oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilişda ayblab, hibsga oliş orderini imzolagan Xalqaro jinoiy sudning uçta sudyasi qatorida edi. 2024 yil mart oyida u Xalqaro jinoiy sudga rahbar böldi.
Rossiyada esa Akanega nisbatan bila turib noqonuniy hibsga oliş va xorijiy davlat vakiliga hujum qilişga tayyorgarlik köriş moddalari böyiça iş oçilgan. Rossiya Içki işlar vazirligi uni qidiruvga bergan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat Xalqaro jinoiy sud qarorini tan olmasligini taʼkidlagan.









