Kelasi haftadan Özbekistonda aholida antitanaçalarni aniqlaş uçun test olinişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Habibullo Oqilov AOKAda ötkazilgan brifingda maʼlum qildi:
«Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolaş, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bölganlarni esa karantinga oliş masalalari bilan şuğullandik.
Koronavirusni aniqlaş uçun PZR tahlili lozim böladi, xolos. Antitanaçalar şakllanişi uçun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib çiqqan bölişi lozim.
Karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş uçun antitanaçalarni aniqlaş kerak böladi. Buning uçun Özbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda».









