Özbekistonda yöl harakati qoidalarini tizimli ravişda buzgan haydovçiga jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini tizimli ravişda buzgan haydovçiga jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda

Adliya vazirligi maʼlumotlariga havola qilgan holda muxbirimiz xabar berişiça, Özbekistonda yöl harakati qoidalarini tizimli ravişda buzgan haydovçilar uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda. 

Bu çora 2025 yilgaça mamlakatda jamoat xavfsizligi tizimini rivojlantiriş Strategiyasida nazarda tutilgan.

Xususan, hujjatda yöl harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravişda buzgan, jiddiy oqibatlarga olib kelgan yöl-transport hodisalarini sodir etgan şaxslarga nisbatan javobgarlik çoralarini kuçaytiriş, jumladan, xalqaro ilğor tajribalarni hisobga olgan holda, transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş şaklidagi jinoiy-huquqiy taʼsir çoralarini joriy etiş zarurligi taʼkidlangan.

Bundan taşqari, "jinoyat öçoqlari" bölgan hududlarda Milliy gvardiya bölinmalaridan iborat avtomobil patrullari, otliqlar va piyodalar patrullarining keçayu kunduz uzluksiz faoliyati taşkil etiladi.

Yana bir muhim yönaliş şundan iboratki, Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyaga 2022 yilning may oyiga qadar "yöldagi bezorilik harakatlari" uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksga jazo kiritiş bilan boğliq özgartişlar joriy etiş haqida qonun loyihasini tayyorlaş topşirildi.

Şu bilan birga eslatib ötamizki, Mirziyoyev yöl harakati qoidabuzarliklari uçun ayrim jarimalarni kamaytiriş haqidagi qonunni imzoladi. Bundan taşqari, ID karta yoki pasport bölgan taqdirda haydovçilik guvohnomasiz yuriş mumkin böladi.

×