Özbekistonda önta vazir işdan olinişi kutilmoqda

Özbekistonda önta vazir işdan olinişi kutilmoqda

Avvalroq, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy haftada bitta viloyat hokimi va bitta vazir işdan olinişini maʼlum qilgani haqida xabar bergan edik.

Ammo yaqin kelajakda Hukumat tarkibida boşqa lavozimiy özgarişlar ham bölişi mumkin. Bu haqda ÖzA Prezidentdan iqtibos keltirib xabar bergan.

Taʼkidlanişiça, Şavkat Mirziyoyev yoşlar bandligini taʼminlaş va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida Boş vazir Abdulla Aripovga önta vazirni işdan oliş kerakligini aytgan.

“Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Boş vazirga aytganman, önta vazirni işdan olişimiz kerak, deb. Ikkitasi işdan olindi, lekin bu hali yetarli emas”, degan Prezident.

Davlat rahbari kadrlardagi özgarişlar haqida aytgan bölsa-da, kimlarning işdan ketişiga töxtalmagan.

×