Joriy haftada Özbekistonda qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum qilindi

Joriy haftada Özbekistonda qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boşlangan yangi haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. 

Bugun respublika hududi antitsiklon taʼsiri ostida böladi. Kun davomida havo 3-8° iliqgaça isiydi, bu mart oyining örtasi uçun meʼyoriy qiymatlardan ança sovuqdir.

16 va 17 martda antitsiklon periferiyasi Özbekiston hududidan sekin ortga çekinadi, keçalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va çorşanba kuniga kunduz kungi harorat 9-14° iliqgaça kötariladi.

Hududlarning köp qismida uşbu kunlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelişi hisobiga baʼzi joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Haftaning ikkinçi yarmi boşidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelişi boşlanadi. Havo harorati ayniqsa kunduz kunlari keskin kötariladi. Iş haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25° iliq, janubda 27° iliqgaça bölgan qiymatlarga yetadi va meʼyordan 6-8° ga köp böladi.

×