Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryoga taşrif buyuradi

Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryoga taşrif buyuradi

Viloyatda sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş böyiça “Uzbekistan GTL” zavodining oçiliş marosimi bölib ötadi.

Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQŞ dollar yoki 12,8 trillion sömdan ortiq import örnini bosuvçi neft mahsulotlari va uglevodorod xomaşyolari işlab çiqariladi.

UzGTL sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş loyihasi yaratilişida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQŞ) va Honeywell kabi yetakçi kompaniyalarning ilğor texnologik yeçimlaridan foydalanildi.

UzGTL sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş majmuasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta işlanadi, undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilği, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilğisi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari işlab çiqariladi.

Yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinçi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilğisi va kerosinga, şuningdek, suyultirilgan gazga bölgan içki ehtiyojini qoplaş uçun yetkazib beriladi. Işlab çiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bölgani uçun eksport qiliş imkoniyati ham mavjud böladi.

×