Şavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga taşrif buyuradi

Şavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga taşrif buyuradi

Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko Minskda Özbekiston milliy sanoat körgazmasi hamda Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanişadilar.

 Şavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy taşrif bilan Belarusda böladi.

Oliy darajadagi Özbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk şahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Prezidentlar Minskda Özbekiston milliy sanoat körgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanişadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti imzolanişi hamda Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali şeriklikni, jumladan, investitsiyalar, işlab çiqariş, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirişga, hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatişga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar töplami qabul qilinişi kutilmoqda.

Maʼlumot uçun, Belarus Respublikasi Özbekistonning yirik hamkorlaridan biridir. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 100 million dollar atrofida. Özbekiston Belarusdan oğir karer maşinalari, quriliş materiallari, kartoşka import qiladi. Belarusga esa Özbekistondan paxta xom-aşyosi, kiyim keçak, trikotaj gazlamalar, meva-sabzavotlar va quruq mevalar eksport qilinadi.

×