Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 yetakçilarining virtual sammitida nutq sözlaydi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
G20 aʼzolari davlat rahbarlari jahon iqtisodiyoti va moliyasidagi vaziyat, iqlim kun tartibi, raqamlaştiriş masalalarini muhokama qilişi rejalaştirilgan. Hindistonning bu yilgi raisligi yakunlari ham sarhisob qilinadi. Dmitriy Peskovning bildirişiça, Putin dunyodagi hozirgi “juda notinç” vaziyat böyiça Rossiya pozitsiyasini bayon qilmoqçi.
G20 virtual sammiti sentyabr oyida bölib ötgan sammitda qabul qilingan turli qarorlarning, jumladan, milliy va xalqaro platformalar orqali samarali amalga oşirilişiga yordam berişi kutilmoqda. Hindiston tomoni uçraşuvda “iloji boriça köproq yetakçilar” iştirok etişini kutmoqda.
Bu G20 sammitining joriy yildagi ikkinçi uçraşuvidir. Avvalgisi Nyu-Dehlida (Hindiston) 9-10 sentyabr kunlari bölib ötgan edi. Putinning topşiriğiga köra, Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov boşçilik qildi. Anʼanaga köra, G20 sammitlari yiliga bir marta ötkaziladi, ammo sentyabr oyida Hindiston Boş vaziri Nareda Modi kiritilgan takliflarni körib çiqiş uçun virtual sessiya ötkazişni taklif qildi.
Bu uçraşuv Hindiston G20 raisligining yakuni bölişi kerak. Yangi Dehli raislikni joriy yil 30 noyabrgaça saqlab qoladi. 1 dekabrdan taşkilotga raislik Braziliyaga ötadi.
G20 tarkibiga Avstraliya, Argentina, Afrika Ittifoqi, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Xitoy, Meksika, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Janubiy Afrika, Frantsiya va Yaponiya kiradi.









