Habibning murabbiyi Getjining eng xavfli quroli haqida gapirdi

Habibning murabbiyi Getjining eng xavfli quroli haqida gapirdi

Rossiyalik Habib Nurmuhamedovning murabbiyi Xaver Mendes amerikalik jangçi Jastin Getjining eng xavfli quroli haqida gapirdi.

Mutaxassisning fikriga köra, Habib amerikalik sportçining juda kuçli bölgan oyoq zarbalaridan ehtiyot böliş kerak. "Agar u ulardan muvaffaqiyatli foydalansa, bu Habibning harakatçanligi va kuraşining samaradorligiga taʼsir qiladi", deya qöşimça qildi Mendes.

Getji yengil vazn böyiça UFC vaqtinçalik çempioni unvoniga ega. May oyida u hamyurti Toni Fergyusonni texnik nokaut bilan mağlubiyatga uçratdi. Sportçilar örtasidagi jang joriy yilning sentyabr oyida Abu-Dabida bölib ötadi.

Nurmuhamedov vazn toifalarini hisobga olmaganda UFC eng yaxşi jangçilari reytingida ikkinçi örinni egalladi. U ikki marta çempionlik kamarini himoya qildi. Rossiyalikning hisobida 28 ğalaba bor. U bir marta ham mağlubiyatga uçramagan. 

Getji esa 24 ta jang ötkazib, 22 tasida qöli baland kelgan. Faqatgina ikkita jangda mağlub bölgan.

×