Qöpol muomalada bölmang: Toşkent şahar IIBB xodimlari ogohlantirildi

Qöpol muomalada bölmang: Toşkent şahar IIBB xodimlari ogohlantirildi

Toşkent şahar IIBB xodimlari qonun va xizmat intizomi buzilişi, şuningdek, fuqarolar bilan qöpol muomalada bölganlik uçun javobgarlik közda tutilgani haqida ogohlantirildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga köra, Sergeli va Olmazor tumanlari Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalarida Özbekiston IIVning işçi guruhi va şaxsiy tarkib uçraşuvi bölib ötdi.

Tadbir davomida içki işlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlaş hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlaş borasidagi işlar samaradorligini yanada oşiriş masalalari muhokam qilindi.

Uçraşuvda IIVning Kadrlar boş boşqarmasi, Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi masʼul xodimlari hamda Toşkent şahar IIBB Faxriylar kengaşi raisi – Boş boşqarma boşliğining maslahatçisi isteʼfodagi polkovnik Murodjon Karimov va yoş xodimlarning ota-onalari iştirok etişdi.

Yiğilişda 5 oy davomidagi xizmat hisoboti öqib eşittirildi. Xizmat intizomi buzilişi sabablari muhokama qilindi. Savol-javoblar orqali şaxsiy tarkibning respublika va poytaxtdagi hodisalar haqida xabardorligi tekşirildi. Şaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini buzgan xodimlarning hatti-harakatlari muhokama qilindi.

“Tadbir yakunida iştirokçilarni qonun va intizom buzilişi, fuqarolar bilan qöpol muomala uçun javobgarlik haqida ogohonlantirildilar”, - deyilgan xabarda.

×