Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi haj mavsumi yuzasidan Saudiya Arabistoni şu kunga qadar yakuniy qarorni eʼlon qilmadi. Xabarlarga köra, ayni paytlarda vaziyat baholanayotgani va yakuniy qaror yaqinda qabul qilinişi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati.
Hozirgaça, 10 nafarga yaqin davlatlar Saudiya Arabistonidan keladigan xabarni kutib ötirmay, öz fuqarolari uçun bu yilgi haj safarini bekor qildi. Şulardan biri – eng yirik musulmon aholiga ega bölgan Indoneziya bölsa, qolganlari Malayziya, Senegal, Nigeriya va Singapur, Hindiston hamda Yevropa va Janubiy-Şarqiy Osiyoning baʼzi mamlakatlari öz ziyoratçilarining hayoti va soğliğini himoya qiliş maqsadida «Haj–2020» mavsumini taşkil qilmaslik haqida qaror qabul qildi.
Saudiya Arabistonida ayni vaqtdagi epidemiologik vaziyat murakkabligiça qolmoqda. Har kuni örtaça 3800-4500 nafar kişida koronavirus aniqlanayotgan bölsa, 40-45 ta ölim holati qayd etilmoqda.









