Butun jahonda, xususan mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarşi keskin kuraş olib borilayotgani bugun heç kimga sir emas. Davlatimiz rahbarining topşiriqlariga köra, Respublika Maxsus komissiyasining qarorlari bilan mazkur yuqumli kasallik aholi örtasida keng tarqalib ketişining oldini oliş böyiça izçil çoralar körilmoqda. Koronavirus infektsiyasini jilovlaş, kasallikka çalinganlarni samarali davolaş borasida bir munça natijalarga erişilmoqda.
Töğri, bugunga kelib, pandemiya şaroitida örnatilgan karantin tartiblari birmunça yumşatildi va bu jarayon bosqiçma-bosqiç davom ettirilmoqda. Ammo hali ham xotirjamlikka berilib bölmaydi. Koronavirus infektsiyasidan muhofazalanişga oid talablarga qatʼiy itoat etiş zaruriyati hamon saqlanib turibdi.
Statistik maʼlumotlarda, nafaqat xorijdan qaytganlar yoki xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilaridan koronavirus infektsiyasi aniqlanayotgani, hatto aholi orasida ham bu kasallikni yuqtirib olayotganlar soni ortib borayotganligi qayd etilayotgani barçamizni yanada sergaklikka, huşyorlikka çorlaşi kerak.
Şunday ekan, karantin talablariga yanada jiddiyroq qaraş fursati yetganligini eslatmoqçimiz. Yana öşa gigiyenik qoidalarga amal qiliş, ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiy niqobni yeçmaslik, qölqoplardan foydalaniş va boşqalar doimiy eʼtiborimizda bölişi kerak.
Yana bugungi kun talabidan kelib aytiş joizki, çet eldan qaytib kelayotgan har bir inson koronavirus infektsiyasi böyiça sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazida tekşiruvdan ötişi albatta şart. Çunki, xorijda bölganlar orasida hanuz juda köp kasallaniş holatlari kuzatilmoqda. Şunday ekan, tahlillar topşiriş har bir kişining ham fuqarolik, ham insoniylik burçiga aylanmoği lozim.
Baʼzida şamollab qolgan kişilar uyda özlariça davolanişmoqda. Ammo ayrim hollarda sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etiş unutib qöyilyapti. Bunday paytlarda ham albatta tahlillar topşiriş zarur va şart. Şundagina gumon va hadiklarga, şubhaga örin qolmaydi.
Yana bitta xavf xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarining xatti harakatida namoyon bölmoqda. Ular köpinça belgilangan talablarni buzişyapti. Qidirilganda röyxatdan ötilgan joydan topilişmaydi. Turli joylarga borib, kasallik tarqalişiga sababçi bölişmoqda. Bunga mahalla ahli, içki işlar idoralari xodimlari jiddiy qaraşmasa bölmaydi. Yurtimizga kirib kelgan har bir haydovçi qattiq nazoratda turişi, ulardan zudlik bilan tahlillar olinişi zarur.
Aziz hamyurtlar!
Pandemiya şaroitida koronavirus infektsiyasidan işonçli saqlaniş öz qölimizda ekanligini aslo unutmaylik. Biz öta murakkab jarayonni boşdan keçiryapmiz. Davlatimiz ğamxörligi bilan kasallikni aniqlaş, karantin tadbirlarini ötkaziş va bemorlarni davolaş işlari uzviy boğliq holatda olib borilib, ijobiy natijalarga erişilmoqda. Bu masʼuliyatli va qiyin vaziyatdan ortiqça talofatlarsiz çiqib ketiş siz va bizning hamkorlikdagi, izçil va qatʼiyatli faoliyatimizga boğliq.
Şunday ekan, karantin talablariga, kasallikdan muhofazalaniş tartiblariga ongili munosabatda bölaylik.Talabçanlik, ehtiyotkorlik, huşyorlik va hamjihatlik doimiy odatimizga, turmuş tarzimizga aylansin.
Solijon MÖMINOV,
Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği









