Özbekistondagi şifoxonalarda koronavirusga çalingan qança bemor qoldi?

Özbekistondagi şifoxonalarda koronavirusga çalingan qança bemor qoldi?

Toşkent va Andijonda 58 nafar bemor tuzalib, jami soğayganlar 3758 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, Toşkentdagi Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida yana 57 nafar, Andijon viloyatida esa 1 nafar, jami 58 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemor soğaydi. Endilikda Toşkent şahrida koronavirus infektsiyasidan soğayganlar 1790 nafarga yetdi. Andijon viloyatida tuzalganlar esa 178 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 3 nafarni taşkil etmoqda.

Şunday qilib, 12 iyun kuni 121 nafar bemor tuzalib, Özbekiston böylab koronavirus infektsiyasidan soğayganlar 3758 nafarni taşkil etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1092 nafar bemordan 13 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda. Bemorlarning 844 nafari Toşkentdagi davolaş muassasalarida, 248 nafari esa 8 hududdagi şifo maskanlarida davolanmoqda. Hozirda uy karantinida 25 100 nafar, statsionar karantinda esa 23 628 nafar fuqa

×