Özbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Soğliqni saqlaş vazirligi bergan maʼlumotga köra, Turkiyadan kelgan ikki kişida uşbu virus aniqlangan.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasiga  qaraşli Istanbul–Toşkent yönalişidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. Sönggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmuş örtoği va yana bir fuqaroda ham uşbu infektsiya tasdiqlangan.

Ayni paytga kelib, uşbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida davolanayotgan uşbu bemorlarning ahvoli hozirça  qoniqarli bölib,  şifokorlar tomonidan  standartlar asosida davolaş muolajalari olib borilmoqda.

Infektsiya tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida olib borilayotgan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Uşbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali şifokor 11 mart kuni Frantsiyadan qaytgan bölgan.

Maʼlumot uçun, dunyo böyiça 182 609 kişi koronavirusga çalingan. Şundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan foriğ bölgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan boğliq vaziyat sabab vahima kötarişga asos yöq. Virusni yuqtirib olmaslik uçun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.

×