«Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 1 iyuldan boşlab özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari soni 24tadan 67taga köpaytirildi:
- Uyda repetitorlik qiliş — bolalar va kattalar bilan taʼlim fanlari böyiça yakka tartibda hamda guruh bölib maşğulotlar ötkaziş
- Bolalarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş böyiça jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlar
- Bemorlar hamda doimiy ravişda özgalar parvarişiga muhtoj keksa kişilarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş böyiça jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlar
- Uy xöjaligini yuritiş va uy işlarini bajariş, şu jumladan, turar joylarni tozalaş, ovqat pişiriş böyiça uy xöjaliklariga xizmat körsatiş
- Xonalarni tozalaş, jizmoniy şaxs hududini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş
- Uyda jismoniy şaxslarning mebellarini taʼmirlaş va yiğiş
- Jismoniy şaxslarga murakkab bölmagan umumiy quriliş, quriliş-taʼmirlaş işlari (beton quyiş, böyoqçilik, suvoqçilik işlari, ğişt va kafel teriş, perforatsiya, duradgorlik, çilangarlik va boşqa umumiy quriliş işlari)
- Jismoniy şaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlaş va örnatiş
- Jismoniy şaxslarga kvartira içida (şaxsiy quriliş işlarida — uy içida) elektr montaj işlari (elektr xavfsizligi böyiça ruxsati bölganda)
- Dehqon va fuqarolarning tomorqa uçastkalarida yer çopiş va rekultivatsiya işlari
- Fermer xöjaliklari egalari buyurtmasi böyiça qişloq xöjaligi işlari (qişloq xöjaligi ösimliklari va hayvonlarni parvariş qiliş, qişloq xöjaligi ekinlari hosilini yiğiş va boşqa qişloq xöjaligi işlari)
- Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uçastkalari landşaftini barpo etiş işlari
- Qişloq xöjaligi ösimliklarini ekiş va parvariş qilişda, qişloq xöjaligi ekinlari hosilini yiğib olişda dehqon va tomorqa uçastkalari egalariga yordam beriş
- Çorva mollarini ötlatiş, ularni parvariş qiliş
- Jismoniy şaxslarga kompyuterlarni taʼmirlaş va sozlaş, litsenziyalangan dasturiy taʼminot örnatiş
- Buyurtmaçining uyida bajariladigan maişiy texnikani örnatiş va taʼmirlaş
- Jismoniy şaxslarning şaxsiy avtomobillarini mayda taʼmirlaş, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya örnatiş, ğiloflar va pol qoplamalarini tikiş
- Jismoniy şaxslarning avtomobillarini yuviş, avtomobillar kuzovlarini silliqlaş
- Mexanizatsiya vositalarini qöllamay, uyda bajariladigan yuk ortiş va yuk tuşiriş işlari
- Makulatura, plastik idiş, temir-tersak va qöşimça xomaşyo töplaş
- Xalq tabobati (litsenziyasi bölganda)
- Xususiy şaxslarga boş xizmatkor va konserj xizmatlarini körsatiş
- Şaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy şaxslarga tovarlarni yetkazib beriş (yuk taşiş bundan mustasno)
- Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda taşiş
- Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib oliş va sotiş
- Velosipedlarni taʼmirlaş
- Yoğoç meʼmorçiligi (bolalar maydonçalari va park zonalari uçun yoğoçdan yasalgan qurilmalar, haykallar)
- Rassomlik
- Metall taʼmirlaş işlari (uyda amalga oşiriladigan maişiy metall buyumlarini taʼmirlaş, kalitlarning dublikatlarini tayyorlaş, soyabonlarni taʼmirlaş, boşqa maişiy metall buyumlarini oddiy taʼmirlaş)
- Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlaş va sotiş
- Dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş
- Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş
- Sartaroşlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari
- Kosmetolog xizmatlari va şunga öxşaş boşqa xizmatlar
- Uyda kir yuviş va dazmollaş xizmatlari
- Tikuv, möyna, çarm va trikotaj buyumlarni, boş kiyimlarni va töqimaçilik galantereyasi buyumlarini taʼmirlaş, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi böyiça tikuv va trikotaj buyumlarini, boş kiyimlarini va töqimaçilik galantereyasi buyumlarini tikiş
- Gazlamalarga naqşlar soliş (gazlamalar va kiyim aşyolarini qölda böyaş, gazlamalarga, şu jumladan trafaretli bosma va qölda rasm çiziş usuli bilan rasmlar soliş)
- Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari böyiça poyabzal tikiş, poyabzalni taʼmirlaş, böyaş va tozalaş
- Yakka tartibda deraza va eşik pardalarini tikiş va taʼmirlaş, kaştaçilik
- Galantereya buyumlarini tayyorlaş va taʼmirlaş
- Bijuteriya va jevaklarni tayyorlaş va taʼmirlaş
- Kalitlar tayyorlaş
- Ölçov vositalari tayyorlaş va ijaraga beriş
- Gulçambarlar (şu jumladan, motam gulçambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlaş
- Tösiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulçambarlarni tayyorlaş va taʼmirlaş
- Kesuvçi buyumlar va asboblarni çarxlaş
- Akvarium baliqlari, dekorativ quşlar va boşqa hayvonlarni köpaytiriş va sotiş
- Musiqa asboblarini taʼmirlaş va sozlaş
- Video va fotosuratga oliş xizmatlari
- Qadoqlaş uskunalaridan foydalanmagan holda uy şaroitida milliy şirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlaş va sotiş
- Milliy non va patirlarni tayyorlaş va sotiş
- Salatlar va tuzlamalarni tayyorlaş va sotiş, şuningdek, uy şaroitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlaş va ötiriş joylarini taşkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotiş
- Uyda quyib sotiş uçun salqin içimliklar, ayron, göja hamda qurt tayyorlaş va sotiş
- Tögaraklar taşkil etiş va yuritiş
- Tulumni şişiriş xizmatlari (taksidermik işlar).
- Gullar va dekorativ daraxtlar yetiştiriş va sotiş (şu jumladan bonsay sanʼati)
- Reklama bukletlarini tarqatiş, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qiliş
- Muqovalaş işlari
- Namoyişlarda kiyimlar modelini namoyiş qiliş, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tuşiş
- Ekskursiyani taşkil etiş va ötkaziş xizmatlari
- Matnni yaratiş va işlov beriş (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, ye-mail orqali xatlarni jönatiş böyiça mutaxassis, spiçrayter, transkriber va boşqalar)
- Mulʼtimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratiş va işlov beriş (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter öyinlari dizayneri, interer dizayneri, landşaft dizayneri, liboslar dizayneri, retuşer, fotokollajçi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallaştiruvçi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, mouşn-dizayner, banner yasovçi, naşriyot dizayneri, fleşer, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkaçi, suxandon, foto muharrir va boşqalar)
- Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni işlab çiqiş va texnik qöllab-quvvatlaş (dasturçi, dasturiy taʼminotni sinovçi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovçi, veb-tahlilçi, veb-saytlarni optimizatsiyalaş böyiça mutaxassis)
- Tarjima qiliş xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qiliş, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)
- Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menejer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (işlar, xizmatlar) uni ilgari suriş va reklama qiliş (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama böyiça mutaxassis, direktolog, media rejalaştiruvçi, SMO mutaxassisi)
- Kadrlar tanlaş sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan işlovçi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, şaxsiy assistent)
- Onlayn konsultatsiya beriş (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatçi, vebinar olib boruvçi)
Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev özini özi band qilayotgan, qölida kasb-hunari bor odamlarga munosib şaroit yaratiş böyiça yangi tizim joriy etilişini aytgandi. Yangi tizimga asosan, yuqoridagi röyxatga kiritilgan kasb egalari daromad soliğidan ozod qilinadi.
«Mazkur imtiyozdan foydalaniş uçun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qiliş kifoya. Ilğor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni röyxatga oliş va hisobini yuritiş böyiça mobil ilova işlab çiqiladi», degandi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, 19 may kungi yiğilişda taksiçilar ham daromad soliği tölaşdan ozod etilişi eʼlon qilingan edi. Ammo qaror bilan tasdiqlangan yuqoridagi röyxatga kirakaşlar kiritilmagan.
Qabul qilingan qaror asosida 1 iyuldan boşlab joriy etiladigan tartibga köra:
özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qatʼi nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida tölaydi. Uşbu summa töliqligiça byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi, undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi;
özini özi band qilgan şaxslar yollanma işçilarni jalb qila olmasligi hamda iş beruvçiga ega böla olmasligi töğrisidagi talab saqlanib qoladi.









