Eng kuçli Android smartfonlar önligi reytingi yangilandi

Eng kuçli Android smartfonlar önligi reytingi yangilandi

Dastlabki beştalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etişgan.
AnTuTu standart bençmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuçli 10ta Android-smartfon röyxatini eʼlon qilişdi.

Reytingni örtaça 371 000dan yuqori balni taşkil etgan holda OnePlus 7 Pro boşqarib bormoqda.

Keyingi örinda hali ham aktualligini yöqotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uçinçi poğonada esa öyin smartfoni Black Shark 2 joylaşgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravişda 4 va 5 örinlarda. Ularning barçasi yetakçidan bir neça ming balga ortda qolişmoqda.

Uşbu röyxatning oltinçi poğonasida şu yilning fevralida taqdimoti bölib ötgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bölişini noodatiy holat desa böladi. Sony'ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham şu gapni aytiş mumkin, u yettinçi qatorda joylaşgan.

Önlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.

Samsung Galaxy S10 5G va Galaxy S10+ / androidcentral.com
Uskunalar qarşisidagi ball — eng yuqori körsatkiç emas, örtaçasi keltirilgan. Hisoblaşlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida ötkazilgan sinovlar natijasidir.

×