«Global Firepower» eng kuçli armiyalar reytingini yangiladi: jami 137 mamlakat orasida Özbekiston 48-örinni egalladi.

Ötgan yilgi reytingda Özbekiston 39-örinda edi.
Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari reytingda quyidagiça joylaşdi: Qozoğiston — 54-örin (ötgan yili — 50-örin), Turkmaniston — 75-örin (ötgan yili — 80-örin), Qirğiziston — 91-örin (ötgan yili — 91-örin), Tojikiston — 94-örin (ötgan yili — 96-örin).
Afğoniston armiyasi uşbu reytingda 74-örin (ötgan yili — 71-örin)dan joy oldi.
Dastlabki uç örinda — AQŞ, Rossiya va Xitoy.

Şuningdek, Hindiston, Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya yetakçi önlikda.

Reytingdagi oxirgi uç mamlakat — Surinam, Liberiya va Butan.

«Global Firepower» reytingi 55 xil körsatkiçga asoslanadi, qurol-yaroğning nafaqat umumiy soni, balki xilma-xilligi ham eʼtiborga olinadi. Reyting asoslangan formula kiçik, ammo texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga yirik, biroq texnologiyalari qoloqroq mamlakatlar bilan raqobatlaşiş imkonini beradi.
Reytingni tuzişda geografik omillar, logistik qulayliklar, tabiiy resurslar, moliyaviy barqarorlik, içki sanoatning rivojlanganlik darajasi inobatga olinadi. Mazkur reytingda yadro qurollarining mavjudligi, dengizga çiqiş yöllari bölmagan mamlakatlarda flotning yöqligi ahamiyatga ega emas.









