PSJning Çempionlar ligasi finalida “Arsenal” ustidan qozongan ğalabasi bilan Yevropada 2025-2026 yilgi futbol mavsumi rasman yakunlandi. Şu munosabat bilan “Goal” naşri 2026 yilgi “Oltin töp” mukofoti uçun asosiy daʼvogarlar reytingining yangilangan talqinini eʼlon qildi.
Reytingning yangilangan talqiniga köra, Çempionlar ligasidagi ğalabaga qaramay, PSJ vingeri Usmon Dembele peşqadamlikni qölga kirita olmadi va ikkinçi örinda qoldi.
Röyxatda birinçi örinni “Bavariya” hujumçisi Harri Keyn egallab turibdi. “Barselona”ning yoş yulduzi Lamin Yamal esa, kuçli uçlikdan joy oldi.
“Arsenal” yarim himoyaçisi Deklan Rays finaldagi mağlubiyatdan keyin reytingda sezilarli pasayişga uçradi. U olti poğona pastlab, uçinçi örindan töqqizinçi öringa tuşib ketdi.
“Goal” naşrining talqiniga köra, “Oltin töp” mukofoti uçun asosiy daʼvogarlar reytingi quyidagiça:
- Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya terma jamoasi);
- Usmon Dembele (PSJ, Frantsiya terma jamoasi);
- Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya terma jamoasi);
- Vitinya (PSJ, Portugaliya terma jamoasi);
- Maykl Olise (“Bavariya”, Frantsiya terma jamoasi);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Frantsiya terma jamoasi);
- Xviça Kvaratsxeliya (PSJ, Gruziya terma jamoasi);
- Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya terma jamoasi);
- Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya terma jamoasi);
- Erling Holand (“Mançester Siti”, Norvegiya terma jamoasi).









