Konor MakGregor yana faoliyatini tugatganini eʼlon qildi

Konor MakGregor yana faoliyatini tugatganini eʼlon qildi

UFC super yulduzi Konor MakGregor jangçilik faoliyatini yakunlayotganini navbatdagi marotaba eʼlon qilyapti.  U "Tvitter"da şunday murojaat qoldirdi: 

“Salom döstlar, men janglardan ketişga qaror qildim. Ajoyib xotiralar uçun barçaga rahmat! Qanday ajoyib sayohat böldi! Bu suratda Las Vegasda çempionlik janglarimdan biridagi ğalabamdan keyin onam bilan birgaman. Orzuingdagi uyni tanla Mags, seni yaxşi köraman. Nimani köngling istasa öşa senikidir ❤️”. 

"Şaxsiy fikrimni bildirib ötsam, bu navbatdagi piar yuriş. U ketmaydi. Avvalgi safarlar ham ketaman deb ketmagan. Ketsa avval bergan vaʼdalari ustidan çiqmagan böladi. Şu sababli uning muxlislariga xotirjam bölişni maslaxat bera olaman", deydi sport şarhlovçisi, jurnalist Davron Fayziyev özining "Telegram"dagi kanalida.

×