Xayrullo Bozorov: Aholini kambağallikdan çiqariş asosiy vazifamizga aylanişi zarur

Xayrullo Bozorov: Aholini kambağallikdan çiqariş asosiy vazifamizga aylanişi zarur

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uçqörğon tumanidagi “Yaşiq” mahalla fuqarolar yiğinida 2-sektorda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar bilan tanişdi.

Tuman prokurori Valijon Mamadaliyev boşçiligidagi uşbu sektorda jami 41,5 milliard sömlik 31 ta loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ulardan 17 tasi xizmat körsatiş, 8 tasi sanoat, 6 tasi qişloq xöjaligiga taaluqli.

Jumladan, “Yaşiq” MFYda 5 milliard söm evaziga qurib bitkaziladigan 4 qavatli 32 xonadonli turar-joy, qiymati 4 milliard söm bölgan 150 örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti, loyiha qiymati 2 milliard sömlik mahalla guzari va maişiy xizmat şoxobçalari, 1 milliard söm sarflanişi közda tutilgan sport-soğlomlaştiriş majmuasi şular jumlasidan.

Xayrullo Bozorov uşbu loyihalarning sektor uçun ğoyat katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, birgina “Yaşiq” va “Kattaçek” mahallalari hududida aholining kambağallik darajasi salmoqli foizni taşkil qilişini qayd etdi.

— Uşbu loyihalar tufayli 465 ta yangi iş örni yaratilar ekan. Bu şunça oilaga daromad kirdi, ular muqim iş joyiga ega böldi degani. Qolaversa, mazkur loyihalar amalga oşganidan söng mazkur mahallalar qiyofasi tanib bölmas darajada özgaradi, — dedi viloyat hokimi.

Loyihalar taqdimoti davomida yana bir neça tadbirkor viloyat hokimi huzuriga kelib, özlarining rejalari bilan örtoqlaşdi. Ulardan biri — “Hurriyat Sardor Sevinçoy” MÇJ rahbari Hurriyat Ortiqova "Öljatöpi" MFY hududida köp tarmoqli zamonaviy klinika quriş niyati borligi, jami 18 milliard sömlik loyihaga özidan 3 milliard söm ajratişga tayyor ekanligini bildirdi.

Xayrullo Bozorov xayrli maqsadlarni közlagan bunday taşabbuslar albatta qöllab-quvvatlanişini taʼkidladi va tuman mutasaddilariga bu yuzasidan tegişli körsatmalar berdi.

Namanganliklar.uz

×