Xayrullo Bozorov Namangan şahrida 9 kunlik taʼtil eʼlon qildi

Xayrullo Bozorov Namangan şahrida 9 kunlik taʼtil eʼlon qildi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov televideniye orqali aholiga murojaat qildi.

Öz murojaatida hokim 2020 yilning 28 martidan 5 apreliga qadar Namangan şahridagi mulkçilik şaklidan qatʼi nazar barça taşkilot, muassasa va idoralarda taʼtil eʼlon qilinişini maʼlum qildi.

«Töqqiz kun mobaynida Namangan şahri aholisi köçaga çiqmasdan uyda ötirişlari talab etiladi. Bu çeklovdan davlat hokimiyati, ijro hokimiyati tizimida, huquqni muhofaza qiliş idoralari va soliq idoralari, bank kabi iqtisodiyot idoralarida işlovçilargina mustasno qilinadi», – degan viloyat hokimi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorning ilk holati bugun Namangan şahrida qayd etilgan edi.

×