«Taxti Qubod» («Qubod taxti») gazetasi Tojikistonning Xatlon viloyati, Qubodiyon tuman maʼmuriyatining rasmiy naşri hisoblanadi. Mahalliy amaldorlarning jurnalistlar bilan hamkorlik qilmayotganiga raddiya sifatida gazetaning birinçi sahifasini böş holda çop etildi. Bu haqda Fergana.ru naşri xabar bermoqda. «Ozodi» radiosining xabar berişiça, bu ilk bor Tojikistonda davlat naşrining norozilik bildirişidir.
«Taxti Qubod»ning boş muharriri Adolat Sayfulloyeva gazetaning ikkinçi sahifasida berilgan maqolada «birinçi sahifa — rahbar öz yuzini köradigan oynadir», deb yozadi. «Bu obʼektiv maʼlumot berilmayotganiga qarşi norozilik ifodasidir», — deya izoh beradi Sayfulloyeva. Boş muharrir rahbarlardan birortasi yil davomida gazeta uçun bitta satr ham yozmaganidan şikoyat qiladi.
Sayfulloyeva gazetaning bunday çop etilişi rahbariyatga yoqmasligi mumkinligini yozadi, lekin u şu yöl bilan tumandagi barça muammolarni faqat ikkitagina jurnalist yoritayotganiga eʼtibor qaratmoqçi. Qubodiyon tuman ijroiya hukumatining gazetasi sakkiz sahifada çop etilib, yagona mahalliy naşr hisoblanadi. Gazetani yarim stavkada işlayotgan ikkita öqituvçi tayyorlaydi.
Rahbarlar bilan boğlanolmaslik — Tojikiston matbuotidagi eng katta muammolardan biridir. Davlat tizimi va boşqa taşkilot mulozimlari matbuot xizmati yoki jamoatçilik bilan aloqa qiluvçi departament borligiga qaramasdan, jurnalistlar bergan sörovlarga javob bermaydilar, turli bahona işlatadilar. Jurnalistlar bundan köp şikoyat qilganlar, şuningdek, çet el jurnalistlarini akkreditatsiyadan ötkaziş mexanizmi ham köpinça bosim ötkaziş instrumentiga aylangan.
Tojikiston mustaqil OAV assotsiatsiyasi avgust oyida sörov ötkazib, 96 foiz tojik jurnalistlarining maʼlumot oliş jarayonidan qoniqmayotganini aniqlagan. Matbuot xizmatlarining yozma va oğzaki javoblarida asosan rahbarning iş joyida emasligi vaj qilib qörsatiladi.









