Odamzod uçun potentsial xavfli sanalgan futbol maydoni kattaligidagi 163348 asteroidi (2002 NN4) Yer yuziga yaqin keladi. Bu haqda «Space Reference» xabar berdi.
Samoviy jism 2002 yilda kaşf etilgan. Taxminlarga köra, 6 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 8:20 larda u sayyoramiz yaqinidan minimal masofada ötib ketadi. Asteroid bilan sayyoramiz örtasidagi masofa 5,93 million kilometrni taşkil etadi. Kosmik jismning Yerga yaqin keladigan minimal masofasi ham orbitadan oygaça bölgan masofadan 13 baravar uzoqroq.
Asteroid trayektoriyasi Yer orbitasini kesib ötadi, şu bois ham u potentsial xavfli hisoblanadi. Garçi asteroid «mutlaq nuqtai nazardan» kiçkina bölsa ham (250 metrdan 570 metrgaça), u boşqa xavfli jismlarga qaraganda 90 foiz kattaroq.









