Putin koronavirusga çalingan Habibning otasiga eng yaxşi tibbiy xizmat körsatilişini vaʼda qildi

Putin koronavirusga çalingan Habibning otasiga eng yaxşi tibbiy xizmat körsatilişini vaʼda qildi

Yengil vazn toifasida UFC çempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik sportçining otasi Abdulmannap Nurmagomedovning holati haqida gapirib ötdi.

«Habibning otasi sunʼiy koma holatiga tuşirilgani tasdiqlay olaman.

Habib sönggi kunlarda Vladimir Putin bilan aloqada bölib turibdi. U Abdulmanap Nurmagomedovga eng yaxşi tibbiy xizmat taqdim etilişini vaʼda berdi.

Habibning butun dunyoga murojaati — koronavirus tarqalaşini oldini oliş uçun uyda qoling», — deydi Abdulaziz.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy şifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning öpkasiga jiddiy şikast yetkazgan, şuningdek, Habibning maʼlum qilişiça, uning yuragi qayta operatsiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati öta oğir. 

×