Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O.Egamberdiyev Lacetti rusumli avtomobil haydovçisini töxtatgan va haydovçi spirtli içimlik içgan yoki yöqligini bir marotaba foydalaniladigan stakan orqali tekşirmoqçi bölgani aks etgan video tarqaldi.
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd jtilişiça, hozirda uşbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Örnatilgan tartibga zid ravişda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilişi taʼminlanadi.
Maʼlumot örnida, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uçun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli içimlikdan mastlik holatini aniqlovçi “alkotester” moslamalari tarqatilgan.
Eslatib ötamiz, noyabr oyi oxirida Nukusda Yöl-patrul xizmati xodimi boş kiyimini yeçib, haydovçining spirtli içimlik isteʼmol qilganini aniqlaş maqsadida undan puflaşini söragani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda kulguga sabab bölgandi.
Şundan söng, YHXBB Yöl-patrul xizmati xodimlariga yangi namunadagi 150 ta alkotester qurilmasi tarqatilganini maʼlum qilgandi.









