“Özbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini eʼlon qildi

“Özbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini eʼlon qildi

“Özbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini eʼlon qildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça,“Özbekkosmos” agentligi tomonidan 2024 yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boşoqli don ekinlaridan böşagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonişi bilan boğliq 1 ming 960 ta holat aniqlangan.

Yongan maydonlarning katta qismi quyidagi hududlarda aniqlangan. Toşkent viloyatida 9638 gektar (439 ta holat), Surxondaryo viloyatida 5007 gektar (562 ta holat), Samarqand viloyatida 1711 gektar (191 ta holat), Namangan viloyatida 29 gektar (112 ta holat), Jizzax viloyatida 931 gektar (54 ta holat), Farğona viloyatida 65 gektar (11 ta holat), Andijon viloyatida 3868 gektar (319 ta holat).

“Özbekkosmos” ğalladan böşagan maydonlarda somon poyasi yoqilişiga yöl qöygan javobgar şaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solib, yerga va ösimlik dunyosiga yetkazilgan zararlar ham hisoblanib, tegişli tarzda undirib olinişi belgilanganini eslatib ötdi.

Maʼlumot uçun, 1 gektar yer maydonida boşoqli don poyasi yoqilganida, atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi. Bu esa inson organizmida sil va saraton kasalliklari kelib çiqişi, atrof-muhit ifloslanib, tuproq unumdorligi pasayişi kabi oqibatlarga olib keladi.


Teglar:
×