Koronavirusga qarşi vaktsina ilk bor odamda sinab körildi. Natija esa...

Koronavirusga qarşi vaktsina ilk bor odamda sinab körildi. Natija esa...

Koronavirusga qarşi birinçi bölib klinik tadqiqotlar ötkazilgan “mRNA1273“ vaktsinasi böyiça birinçi natijalar eʼlon qilindi. AQŞning Moderna farmatsevtik kompaniyasining bayonotida COVID-19 vaktsinasi sinovi birinçi bosqiçda ijobiy natijalar bergani maʼlum qilindi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika qömitasi (FDA) uşbu natijadan söng vaktsina sinovini ikkinçi va uçinçi bosqiçiga ruxsat berdi. Uçinçi bosqiç iyun oyida ötkazilişi rejalaştirilgan.

Kompaniya vakillari, şuningdek, vaktsina xavfsiz deb tasdiqlanganligini va eksperimentda iştirok etgan 8 kişining soğliği yaxşi ekanini maʼlum qildi. Şifokorning taʼkidlaşiça, birinçi maʼlumotlarga köra, vaktsina ilk bosqiçda immunitet tizimining virusga qarşi kuraşini qöllab-quvvatladi. Şuningdek, olimlar sinovdan söng koronavirusga çalingan bemor bilan vaktsina qabul qilgan bemorning antitanaçalari bir xil ekanligini maʼlum qilişdi.

×