18 maydan boşlab Qozoğistonda diniy ibodat joylari, kafelar, oşxonalar va mehmonxonalar iş faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda bugun, 13 may kuni “Tengrinews.kz“ naşri xabar qildi.
“Bugun, 13 may kuni koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça idoralararo komissiya yiğilişida Boş vazir örinbosari Erali Tuğjanov boşçiligidagi iqtisodiyotni qayta tiklaş va bandlikni taʼminlaşga qaratilgan bir qator aniq qarorlar qabul qilindi“ deyiladi xabarda.
Şunday qilib, 2020 yil 18 maydan boşlab Qozoğiston hududida quyidagi faoliyat turlari ruxsat etiladi:
– mehmonxonalar majmualari;
– siğimi 30 öringa möljallangan ovqatlaniş joylari;
– sanitariya talablariga muvofiq yozgi maydonçalari bölgan oçiq havoda işlaydigan umumiy ovqatlaniş obʼektlari.
Bundan taşqari, 18 maydan boşlab diniy ibodat obʼektlarining sanitariya meʼyorlariga muvofiq işlaşi qayta tiklanmoqda. Bunda umumiy foydalaniş maydonining 30 foizidan köpi töldirilmasligi qatʼiy belgilangan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Qozoğistonda koronavirus bilan boğliq 5 417 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 2 223 nafari soğaygan, 32 nafari esa vafot etgan. Mamlakatdagi mavjud bemorlar soni 3 162 tani taşkil qilmoqda.









