Özbekiston Professional futbol ligasi direktori örinbosari Diyor Imomxöjayev taşkilotdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda uning özi telegram kanalida maʼlum qilib ötgan.
«Ötgan davr davomida rahbariyat bilan qöldan kelgança işladik. Inson sifatida Umid Ahmadjonovdan ham, Omon Ğofurovdan ham minnatdorman, ular bilan yaxşi aloqalarni saqlab qolaman.
Ravşan Ermatovni yaxşi bilaman, bu insonning ham men haqimda fikri bor. Bungaça ham qaysidir şaxs uçun emas, özim bilgan futbol uçun kelgandim. Endi ham öşa futbol uçun işlaşda davom etaman», — deya yozadi Diyor Imomxöjayev.
Eslatib ötamiz, ötgan bir neça kun davomida Özbekiston futbol assotsiatsiyasida katta özgarişlar bölib ötdi. Xususan, ÖFA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov öz arizasiga köra işdan ketdi. Oradan bir kun ötib PFL direktori Omon Ğofurov ham öz xohişiga köra ariza yozdi.
Şundan söng yana bir qator mutasaddi şaxslar ham işdan böşaşi haqida xabarlar paydo bölgan edi. Ammo Diyor Imomxöjayev PFLda faoliyatini davom ettirişini maʼlum qildi.
Eslatib ötamiz, ayni vaqtda ÖFA birinçi vitse-prezidentligi Ravşan Ermatovga topşirilgan. U iştirok etgan yiğiliş qarori bilan PFL direktori etib Davron Şoqurbonov tayinlangani xabar qilindi.









