Toşkent teleminorasini çaqmoq urgani rad etildi

Toşkent teleminorasini çaqmoq urgani rad etildi

Internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda 8 may kuni balandligi 375 metr bölgan Toşkent teleminorasini çaqmoq urgani haqida xabarlar va çaqmoq urişi jarayoni aks etgan video tarqalgan edi.

«Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi, uşbu hodisa böyiça rasmiy izoh berdi.

«Toşkent şahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo şaroiti vaqtida Toşkent teleminorasiga töğridan-töğri çaqmoq uriş hodisasi sodir bölmagan, yaʼni video olingan rakursdan çaqmoq urganligi qayd etilgan bölsada, aslida çaqmoq sodir bölişi Teleminoradan maʼlum bir masofada bölib ötganligini bildiramiz», — deyiladi izohda.

Qayd etilişiça, Toşkent teleminorasida bugungi kunda barça texnik qurilmalar barqaror işlamoqda va aholiga raqamli televideniye hamda radioeşittiriş dasturlari uzluksiz tarqatib kelinmoqda.

Taʼkidlanişiça, Respublikamizning noyob arxitektura inşooti bölmiş Toşkent teleminorasi kuçli çaqmoq urişiga qarşi himoya tizimi va yerga ulaniş konturlari bilan taʼminlangan. Şu sababli, çaqmoq urgan taqdirda ham, heç qanday xavf va xavotirga asos yöq.

Manba: Xabar.uz

×