DYHXX inspektori haydovçilik guvohnomangizni olib qöyişga haqlimi?

DYHXX inspektori haydovçilik guvohnomangizni olib qöyişga haqlimi?

Haydovçilar tomonidan Yöl harakati qoidalari buzilgan barça hollarda ham DYHXX inspektori tomonidan haydovçilik guvohnomasi olib qöyilmaydi.

Özbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksiga (keyingi örinlarda MJtK) muvofiq faqatgina sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uçun transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş tarzida maʼmuriy jazo qöllanilişi mumkin bölsa, boşqariş huquqini beruvçi guvohnoma olib qöyiladi. Boşqa hollarda haydovçilik guvohnomasi maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgandan söng haydovçiga qaytarib beriladi.

Quyidagi moddalarda nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uçun maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgaç haydovçilik guvohnomasi egasiga qaytarib beriladi:

MJtKning 123-moddasi böyiça

- Avtotransport vositalaridan axlat yoki boşqa narsalarni taşlab yuboriş;

MJtKning 125-moddasi böyiça

- Haydovçilarning transport vositalarini boşqariş va yölovçilar taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmasligi, yaʼni xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlaniş,

- Haydovçilarning belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan yoki majburiy texnik körikdan ötkazilmagan yoxud foydalaniş man etiladigan darajada nosozligi bölgan, şuningdek işlayotganida taşqariga çiqarayotgan ifloslantiruvçi moddalarning miqdori, şuningdek şovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bölgan transport vositalarini boşqarişi,

- Avtotransportda öt öçirgiç, tibbiyot qutiçasi, avariya holatida töxtaganligini bildiruvçi belgi va nur qaytargiçli kamzul bölmasa,

- Haydovçilarning tormoz tizimida, rul boşqaruvida yoki ulovçi qurilmada nosozligi bölgan yoxud tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boşqarişi,

- Foydalaniş belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek davlat raqam belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş,

- Davlat raqam belgisi yasama yoki özga usullarda özgartirilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek davlat raqam belgisi ayni şu transport vositasiga tegişli bölmagan transport vositasini boşqariş;

MJtKning 126-moddasi böyiça

- Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno;

MJtKning 127-moddasi böyiça

- Tovuş signalini sababsiz beriş, transport vositalariga uni işlab çiqargan korxona nazarda tutmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek ularni özgartirib örnatiş,

- Tegişli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovuş çiqaruvçi va yorituvçi maxsus qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş;

MJtKning 128-prim-"6"-moddasi böyiça

- Transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi;

MJtKning 135-moddasi böyiça

- Transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlari, transport vositasini röyxatdan ötkazganlik töğrisidagi, şuningdek transport vositasiga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlari yonida bölmagan holda transport vositalarini boşqariş,

- Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisi (uşbu Kodeks 135-prim-"1"-moddasining ikkinçi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartoçkasi yoki yöl varaqasi, yuridik şaxslarning transport vositalari haydovçilarining, şu jumladan yölovçi yoki yuk taşiş faoliyatini amalga oşiruvçi haydovçilarning malaka oşirişdan ötganligi töğrisidagi sertifikati (transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi guvohnomani almaştiriş yoki yöqolgan guvohnoma örniga boşqasini beriş hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bölmagan haydovçilarning transport vositalarini boşqarişi, xuddi şuningdek işonçnomalarni, transport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş va ijaraga beriş şartnomalarini röyxatdan ötkazmasdan (hisobga qöymasdan) transport vositalarini boşqariş,

- Boşqariş huquqi bölmagan şaxsga transport vositalarini boşqarişning topşirilişi;

MJtKning 135-prim-"1"-moddasi böyiça

- Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polislarida nazarda tutilmagan foydalaniş davrida transport vositalarini boşqariş, xuddi şuningdek faqat mazkur suğurta polislarida körsatilgan haydovçilar ayni şu transport vositalarini boşqarişi töğrisida mazkur suğurta polislarida nazarda tutilgan şartlarni buzgan holda transport vositalarini boşqariş,

- Fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi şuningdek, agar bunday majburiy suğurta qilinmaganligi oldindan ayon bölsa, transport vositalarini boşqariş,

MJtKning 147-moddasi böyiça

- Yöllarga, temir yöldan ötiş joylariga, yöl harakatini tartibga soluvçi boşqa inşootlar yoki texnik vositalarga şikast yetkaziş, şuningdek yöl harakatiga qasddan, şu jumladan yöl qoplamasini ifloslantiriş yöli bilan xalal beriş,

Yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun MJtKning boşqa moddalariga asosan bayonnoma rasmiylaştirilganda haydovçilik guvohnomasi maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilguniga qadar, şuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan çiqarilgan qaror töliq ijro etilguniga qadar olib qöyilişi mumkin.

Uyçi tuman adliya bölimi masʼul xodimi Nodirbek Xasanov.

×