Hindistonning Gondal şahrida yaşovçi Kapil Marakana bir amallab qabrdan çiqdi. Yovuz niyatli kimsalar uni tiriklayin kömib yuborişgandi, deya xabar berdi «The Times of India» mahalliy politsiya maʼlumotlariga tayanib.
Taʼkidlanişiça, özining zarar körişlarida Kapilni ayblagan sobiq iş beruvçi şeriklari bilan birga uni öğirlab ketib, rosa kaltaklaşgan. Keyin oyoq-qöllarini boğlab, tiriklayin kömib yuborişgan. Şundan söng jinoyat joyini tark etişgan.
«Marakana jon aççiğida qum ostida burala boşlagan va bir oyoğini çiqarib olgan. Bir qança urinişlardan söng tiriklayin kömilgan odam qum ostidan çiqişga muvaffaq bölgan», — deya maʼlumot bergan huquq-tartibot organi xodimlari.
Jabrlanuvçi yaqin orada joylaşgan turmagaça yugurib borib, sodir bölgan voqea haqida politsiyaga xabar bergan. Jinoyatçilar qölga olingan.









