Yana xuşxabar: Namanganda 4 nafar, Jizzaxda esa barça bemorlar butkul soğaydi

Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar butkul soğaydi. Ular viloyatlar soğliqni saqlaş boşqarmalari masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda soğayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol barçasi uşbu viloyatdan. Ularning barçasi koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Eng yoşi kattasi 66 yoşda bölsa, eng yoşi kiçiga 31 yoşda. Viloyatda şu paytga qadar 57 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Jizzaxdan tuzalib çiqqan 33 yoşli va 31 yoşli bemorlar (erkak) jizzaxlik bölib, koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro soğayib çiqqan edi. Endilikda uşbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga çalingan barça bemorlar töliq soğayib çiqişdi.  

Ayni paytda mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar soni 810 nafarni taşkil etmoqda. 

×